Navro’zga tuhfa. Mirzaobod tumanida 2 ta maktab va 1 ta bog’cha foydalanishga topshirildi

Mirzaobod tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodga munosib sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Dehqonobod mahallasidagi 12-maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ta’lim muassasasi davlat investitsiya dasturi asosida to‘liq qayta qurilib, 120 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mirzaobod tumanida taʼlim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2- va 24-umumtaʼlim maktablari foydalanishga topshirildi.

2-umumtaʼlim maktabida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, eski bino kapital taʼmirdan chiqarildi hamda qo‘shimcha 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi. Natijada, ushbu taʼlim muassasasining umumiy o‘rinlar soni 420 ga yetdi. Shuningdek, 24-umumtaʼlim maktabida ham mavjud binolar to‘liq taʼmirlanib, qo‘shimcha 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi va zamonaviy sport zali barpo etildi. Natijada, maktabdagi umumiy o‘rinlar soni 320 ga ko‘paydi. Ushbu loyihalar Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirildi.

Tuman hokimi Abdurahim Umarov yangi binolarning ochilish marosimida ishtirok etib, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni ushbu muhim voqea bilan qutladi. U o‘z nutqida Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, bu kabi zamonaviy maktablar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi