Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida «Turon» maktab teatrining Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.

Ijodiy va intellektual qobiliyatni, rol o‘ynash mahoratini ochib beradigan bellashuvning 2-shartida jamoalar ma’rifatparvar allomalar, buyuk siymolar, yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlarini sahna orqali gavdalantirishmoqda.

2-shart «Teatr-ibratxona» sahna ko‘rinishi

☄️Mazkur shartda ishtirok etuvchi jamoalar milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizga zid bo‘lmagan, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlardan birini tanlab (mualliflik sahna asarlari ham inobatga olinadi), sahna asarini namoyish etadi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning aktyorlik iste’dodi, sahna madaniyati, asarni to‘g‘ri tanlay olishi, nutq madaniyati, asar qahramonlarining kiyimi va dekoratsiyasi, tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratadi. Bu shart uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi va 20 ball bilan baholanadi.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida go’liblikni qo’lga kiritgan 11 ta maktab teatr jamoalari 2 shart bo’yicha o’zaro bellashishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra;

1-o‘rinni— Guliston shahridagi 6-maktabning “Kelajak yulduzlari” jamoasi;
2-o‘rinni — Yangiyer shahar 5-umumta’lim maktabining “Stars stage” jamoasi;
3-o‘rinni— Boyovut tumani 19-umumta’lim maktabining “Ibrat farzandlari” jamoasi egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar tadbir yakunida munosib taqdirlandilar.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi