Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida 3 ta maktabdan jami 81 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari faol ishtirok etdilar.

PIRLS xalqaro tadqiqoti o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi ko‘nikmalarni aniqlashga xizmat qildi:
➖ matndan zarur ma’lumotlarni ajratib olish;
➖ xulosalar chiqarish;
➖ tahlil qilish;
➖ g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish.
Mazkur xalqaro tadqiqot orqali ta’lim tizimining zamonaviy talablarga moslashuvchanligi hamda samaradorligi tahlil qilinadi.




