Navro’zga tuhfa. Mirzaobod tumanida 2 ta maktab va 1 ta bog’cha foydalanishga topshirildi

Mirzaobod tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodga munosib sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Dehqonobod mahallasidagi 12-maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ta’lim muassasasi davlat investitsiya dasturi asosida to‘liq qayta qurilib, 120 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mirzaobod tumanida taʼlim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2- va 24-umumtaʼlim maktablari foydalanishga topshirildi.

2-umumtaʼlim maktabida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, eski bino kapital taʼmirdan chiqarildi hamda qo‘shimcha 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi. Natijada, ushbu taʼlim muassasasining umumiy o‘rinlar soni 420 ga yetdi. Shuningdek, 24-umumtaʼlim maktabida ham mavjud binolar to‘liq taʼmirlanib, qo‘shimcha 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi va zamonaviy sport zali barpo etildi. Natijada, maktabdagi umumiy o‘rinlar soni 320 ga ko‘paydi. Ushbu loyihalar Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirildi.

Tuman hokimi Abdurahim Umarov yangi binolarning ochilish marosimida ishtirok etib, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni ushbu muhim voqea bilan qutladi. U o‘z nutqida Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, bu kabi zamonaviy maktablar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi.

  • Related Posts

    Guliston tumanida yangi zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    Davlatimiz rahbarining PQ-93-sonli qarori ijrosi doirasida bugun Guliston tumanida 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushirildi. Yangi maskan ochilish marosimida Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev,…

    Ustozlarimiz Ozarbayjonda: Ta’limda yangi bosqichga yo’l

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida joriy yilning 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqqa muvofiq, har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishga yuborish (https://t.me/sirdaryommtb/30802?single) ishlari davom etmoqda.…

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    Guliston tumanida yangi zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • От admin
    • 10 декабря, 2025
    • 15 views
    Guliston tumanida yangi zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    Ustozlarimiz Ozarbayjonda: Ta’limda yangi bosqichga yo’l

    • От admin
    • 9 декабря, 2025
    • 19 views
    Ustozlarimiz Ozarbayjonda: Ta’limda yangi bosqichga yo’l

    ASOSIY OLIMPIADANING HUDUDIY BOSQICHI BOSHLANDI

    • От admin
    • 26 ноября, 2025
    • 55 views
    ASOSIY OLIMPIADANING HUDUDIY BOSQICHI BOSHLANDI

    Sirdaryoda “Kelajak soatlari” doirasida o‘quvchilarga “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida dars o‘tkazildi

    • От admin
    • 26 ноября, 2025
    • 48 views
    Sirdaryoda “Kelajak soatlari” doirasida o‘quvchilarga “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida dars o‘tkazildi

    KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

    • От admin
    • 18 ноября, 2025
    • 51 views
    KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

    “Sen iste’dodlisan” tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

    • От admin
    • 6 ноября, 2025
    • 70 views
    “Sen iste’dodlisan” tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.