Joriy yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish Guliston tumani 10-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilib, unda viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tumanda faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati keskin tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Soha faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan sustkashlik, mas’uliyatsizlik va nazoratning yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani alohida qayd etildi. Ayrim tashkilotlarda ta’lim-tarbiya sifati talab darajasida emasligi ochiq muhokamaga qo‘yildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Xolbayeva, viloyat va tuman tizim mas’ullari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda rahbarlardan aniq natija, qat’iy intizom va shaxsiy mas’uliyat talab qilinishi ta’kidlandi. Har bir rahbar o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligi zarurligi uqtirildi.
📊 Yakunda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimda samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.





