Bugun Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qo‘shma sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya tarzida o‘tkazilayotgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, markaziy studiya va 208 ta tuman (shahar)lardagi studiyalardan 10 mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, Sport maktablarining direktorlari hamda sport murabbiylari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda joriy yilning 15-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan «Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o’qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o’qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori mazmun-mohiyati va ijrosini ta’minlash yuzasidan so’z yuritilmoqda.

Yig‘ilish davomida Respublikada 7 mln. nafarga yaqin o‘quvchining taqdiri, ertangi kelajagi pedagoglarning qo‘lida ekanligi, bu juda katta mas’uliyatligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tizim mas’ullariga o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish borasidagi vazifalar tushuntirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorlikda amalga oshirishi lozim bo‘lgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish;

jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tarkibiga mahoratli sportchilarni jalb etish;

jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibini ishlab chiqish;

o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktab sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini ishlab chiqish;

maktablarda o‘quvchilarning sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarning sport bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimini joriy etish;

sport turlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan o‘quvchilardan iborat jamoalarni shakllantirgan holda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash.

Ochiq muloqot shaklida o’tgan ushbu tadbirda pedagoglarning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha taklif va mulohazalari tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javob berildi.

Sirdaryo viloyati MMTB axborot xizmati

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi