Bugun Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qo‘shma sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya tarzida o‘tkazilayotgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, markaziy studiya va 208 ta tuman (shahar)lardagi studiyalardan 10 mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, Sport maktablarining direktorlari hamda sport murabbiylari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda joriy yilning 15-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan «Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o’qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o’qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori mazmun-mohiyati va ijrosini ta’minlash yuzasidan so’z yuritilmoqda.

Yig‘ilish davomida Respublikada 7 mln. nafarga yaqin o‘quvchining taqdiri, ertangi kelajagi pedagoglarning qo‘lida ekanligi, bu juda katta mas’uliyatligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tizim mas’ullariga o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish borasidagi vazifalar tushuntirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorlikda amalga oshirishi lozim bo‘lgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish;

jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tarkibiga mahoratli sportchilarni jalb etish;

jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibini ishlab chiqish;

o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktab sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini ishlab chiqish;

maktablarda o‘quvchilarning sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarning sport bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimini joriy etish;

sport turlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan o‘quvchilardan iborat jamoalarni shakllantirgan holda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash.

Ochiq muloqot shaklida o’tgan ushbu tadbirda pedagoglarning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha taklif va mulohazalari tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javob berildi.

Sirdaryo viloyati MMTB axborot xizmati

  • Related Posts

    🔰 Bilib qo‘ygan yaxshi

    Sudning yopiq sud majlislarida ishtirok etgan shaxslar ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlikka tortiladi. 2025 yil 26 sentabrda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1084-sonli…

    Sirdaryo viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali «Va’da berish» marosimi o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida jami…

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    🔰 Bilib qo‘ygan yaxshi

    • От admin
    • 10 октября, 2025
    • 34 views
    🔰 Bilib qo‘ygan yaxshi

    Sirdaryo viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali «Va’da berish» marosimi o‘tkazildi

    • От admin
    • 25 сентября, 2025
    • 46 views
    Sirdaryo viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali «Va’da berish» marosimi o‘tkazildi

    «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusida Psixologlar forumi boʻlib oʻtdi.

    • От admin
    • 15 сентября, 2025
    • 85 views
    «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusida Psixologlar forumi boʻlib oʻtdi.

    Mukofot muborak ustozlar!

    • От admin
    • 15 сентября, 2025
    • 61 views
    Mukofot muborak ustozlar!

    Sirdaryo tumanida “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

    • От admin
    • 8 сентября, 2025
    • 83 views
    Sirdaryo tumanida “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

    2-sentabr – Bilimlar kuni: yangi avlodga ezgu tilak va ta’limga e’tibor

    • От admin
    • 2 сентября, 2025
    • 96 views
    2-sentabr – Bilimlar kuni: yangi avlodga ezgu tilak va ta’limga e’tibor