Sirdaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish» mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatida bo‘lib, unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimi hamda boshqarma boshlig‘i o’rinbosari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat haridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

Muloqot davomida vazir vakili tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib, korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻqib oʻrganish uchun yetkazildi.

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ular tomonidan har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun ularni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, unga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik maviudligi haqida rasman ogohlantirildi.

Ochiq muloqotda Sirdaryo viloyati Prokuraturasi ma’sul xodimi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili ham ishtirok etib, ular tomonidan ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi.

Muloqot so’ngida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag’ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi