Sirdaryoda «Jadidlar izidan» respublika tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi o’rinbosari B.Ismatov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish bo’limi boshlig’i I.Xoldarova va Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i N. Xolbayeva ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

«Jadidlar izidan» respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi qizg’in tarzda boshlandi. 1-shartda o’quvchilar jadidlar faoliyati va asarlariga oid 10 ta savoldan iborat boshqotirmalarni to’ldirishdi.
«Jadidlar izidan» respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi davom etmoqda. 2-shartda ishtirokchilar bilet tortish orqali jadidlarning hayoti va ijodiga oid 5 ta savolga javob berish
di.

«Jadidlar izidan» respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi davom etmoqda. 3-shartda ishtirokchilar bilet tortish orqali jadidlarning ma’lum bir asariga doir fikrlarini belgilangan
5 daqiqa mobaynida bayon etishdi.

«Jadidlar izidan» respublika tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi qizg’in kechdi. Unda tuman, shahar bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 2 ta yosh toifasida jami 22 nafar o’quvchilar ishtirok etishdi.

3 ta shart bo’yicha bilimdonlar o’zaro bellashishdi. Natijalar quyidagicha:

6-7-8-sinflar o’rtasida:
1-o’rin – Madina Qarshiboyeva – Sardoba tumanidagi 18-maktab o’quvchisi
2-o’rin – Shaxlo Abduvaliyeva – Mirzaobod tumani
3-o’rin – Xolyigit Egamberdiyev – Yangiyer shahar

9-10-sinflar o’rtasida:
1-o’rin – Qodirov Bobur – Guliston shahridagi 5-maktabning 9-sinf o’quvchisi
2-o’rin – Oltinboyeva Maftuna – Mirzaobod tumani
3-o’rin – Qambaraliyeva Madina – Oqoltin tumani

Ma’lumot uchun, tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi

Sirdaryo viloyati MMTB axborot xizmati

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi