Sirdaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish» mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatida bo‘lib, unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimi hamda boshqarma boshlig‘i o’rinbosari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat haridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

Muloqot davomida vazir vakili tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib, korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻqib oʻrganish uchun yetkazildi.

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ular tomonidan har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun ularni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, unga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik maviudligi haqida rasman ogohlantirildi.

Ochiq muloqotda Sirdaryo viloyati Prokuraturasi ma’sul xodimi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili ham ishtirok etib, ular tomonidan ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi.

Muloqot so’ngida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag’ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

  • Related Posts

    Sirdaryolik o’quvchi ABDUVOHID AQShning Hartford Universitetiga $112,000 Grant bilan qabul qilindi

    Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 35-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Turobov Abduvohid AQShning eng yaxshi Top 300 universitetlaridan biri — Hartford Universitetiga  qabul qilindi! Bundan tashqari, u $112,000 miqdoridagi elita stipendiyani qo’lga kiritdi…

    Guliston shahar 4 -umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari to’liq yagona maktab formasiga o’tkazildi.

    Quvonarlisi bu forma maktabda tashkil etilgan ,,Hayot maktabi,, brendi asosida faoliyat ko’rsatayotgan to’garak a’zolari, chevar qizlarimiz tomonidan eng arzon narxlarda tikilmoqda.Ma’lumot o’rnida, tekstil va mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Hayat school»…

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    Sirdaryolik o’quvchi ABDUVOHID AQShning Hartford Universitetiga $112,000 Grant bilan qabul qilindi

    • От admin
    • 23 апреля, 2025
    • 6 views
    Sirdaryolik o’quvchi ABDUVOHID AQShning Hartford Universitetiga $112,000 Grant bilan qabul qilindi

    Guliston shahar 4 -umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari to’liq yagona maktab formasiga o’tkazildi.

    • От admin
    • 23 апреля, 2025
    • 3 views
    Guliston shahar 4 -umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari to’liq yagona maktab formasiga o’tkazildi.

    Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari olimpiadasining viloyat bosqichi o’tkazilmoqda

    • От admin
    • 23 апреля, 2025
    • 6 views
    Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari olimpiadasining viloyat bosqichi o’tkazilmoqda

    Ochiq eshiklar kuni

    • От admin
    • 22 апреля, 2025
    • 6 views
    Ochiq eshiklar kuni

    Xushxabar

    • От admin
    • 21 апреля, 2025
    • 5 views
    Xushxabar

    Joriy yilning 21-aprel kuni umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Kimyo, biologiya va fizika fanlar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo’lib o’tdi.

    • От admin
    • 21 апреля, 2025
    • 4 views
    Joriy yilning 21-aprel kuni umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Kimyo, biologiya va fizika fanlar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo’lib o’tdi.