Guliston shahrida  Dolzarb 90 kunlik yozgi sog‘lomlashtirish dasturiga start berildi!

Joriy yilning 27-may kuni Guliston shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik  yozgi sog‘lomlashtirish dasturi”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i o’rinbosari M.Mamarasulov ochib berdi. U o‘z so‘zida ushbu yozgi dasturning mazmuni, uni qanday tashkil etish va bolalar uchun mazmunli hamda qiziqarli mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida 15-sonli DMTT direktori M.Bayzaqova yozgi sog‘lomlashtirish dasturining ish rejasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Unda quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan:

Bolalar uchun estafeta yo‘lakchalarini tashkil etish va bezatish;

Sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini amalga oshirish;

Hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish;

Bolalarni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirishga qaratilgan tadbirlar.

Tadbir davomida bolalar tomonidan tayyorlangan raqslar bilan dastur yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi. Shuningdek, tarbiyachilar va mas’ullar o‘rtasida fikr almashuvlar ham tashkil etildi.

Bunday tashabbuslar bolalarning sog‘lom rivojlanishi, faol va baxtli yoz faslini mazmunli o‘tkazishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi