“Bo‘lajak yosh muhandislar” nomli fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

Sirdaryo viloyati Guliston shahar 15-sonli umumta’lim maktabida “Bo‘lajak yosh muhandislar” nomli fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo’lib o’tmoqda. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu olimpiada matematika, fizika va kimyo fanlariga qiziquvchi yoshlarni birlashtirib, ularning bilim va salohiyatini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yoshlarda muhandis-texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida olimpiada g‘oliblariga institutning maxsus shartlari belgilangan pulli va DAMAS avtomobili nazarda tutilgan vaucherlar tarqatish, ya’ni g‘oliblar 2025-yil qabulida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga hujjat topshirib, institut talabalari safiga qabul qilingan taqdirda vaucherda ko‘zda tutilgan sovrinlar ularga tantanali topshirilishi reja qilingan.

Olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblari uchun quyidagi sovrinli vaucherlar ko‘zda tutilgan, har bir fan bo‘yicha:

1-o‘rin uchun DAMAS avtomobili;
2-o‘rin uchun 20 000 000 so‘m;
3-o‘rin uchun 10 000 000 so‘m.

Olimpiadaning tuman va viloyat bosqichi g‘oliblari uchun ham turli miqdordagi pulli vaucherlar ko‘zda tutilgan.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 12 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi