Sirdaryoda «Turon» maktab teatri tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

Maktab o’quvchilari o’rtasida sahna madaniyati rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovning Sirdaryo viloyat bosqichi bugun erta tongdan Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida boshlandi.

1-shart «Bizning maktab»

Bu shartda ishtirok etuvchi guruhlar 6 daqiqa davomida ta’lim olayotgan maktabining erishgan yutuqlarini badiiy, musiqiy va sahna ko‘rinishi orqali namoyish etadi. Guruhlarning chiqishida ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ushbu shartda jamoaning nomi, emblemasi va shiorini tanlab olganiga e’tibor qaratiladi. Maksimal ball 10 ball bilan baholanadi.

2-shart «Teatr-ibratxona» sahna ko‘rinishi

🗣️Mazkur shartda ishtirok etuvchi jamoalar milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizga zid bo‘lmagan, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlardan birini tanlab (mualliflik sahna asarlari ham inobatga olinadi), sahna asarini namoyish etadi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning aktyorlik iste’dodi, sahna madaniyati, asarni to‘g‘ri tanlay olishi, nutq madaniyati, asar qahramonlarining kiyimi va dekoratsiyasi, tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratadi. Bu shart uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi va 20 ball bilan baholanadi.

«Turon maktab teatri» tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

🥇-o‘rin Boyovut tumani 41-sonli maktabning «Buyuk Turon avlodlari» guruhi;
🥈-o‘rin Shirin shahar 1-sonli maktabning «Turon ziyosi» guruhi;
🥉-o‘rinni Sayxunobod tumani 20-sonli maktabning «Jadidlar» guruhi egalladi.

Birinchi o‘rinni egallagan Boyovut tumani 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining «Buyuk Turon avlodlari» guruhi tanlovning yakuniy Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

  • Related Posts

    “Vazir kubogi” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi yakunlandi

    Ayol ustozlar va maktabgacha ta’lim xodimalari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Viloyatning 11 ta tuman va shahar jamoalari Respublika bosqichi…

    Uch avlodni bog‘lagan qadr va ehtirom

    Uzoq yillar davomida ta’lim sohasi ravnaqi, yosh avlod tarbiyasi va ma’rifati yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriy ustozlar bugun yuksak ehtirom bilan e’zozlandi. 🇺🇿 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    “Vazir kubogi” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi yakunlandi

    • By admin
    • May 19, 2026
    • 17 views
    “Vazir kubogi” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi yakunlandi

    Uch avlodni bog‘lagan qadr va ehtirom

    • By admin
    • May 12, 2026
    • 44 views
    Uch avlodni bog‘lagan qadr va ehtirom

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 43 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 43 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 41 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 50 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!