Sirdaryolik ishtirokchi kreativ videotanlovda eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi!

Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro hamkorlar ko‘magida o‘tkazilgan “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” mavzusidagi videotanlov o‘z yakuniga yetdi!

Quvonarlisi, g‘oliblar safidan Sirdaryolik o‘quvchi ham munosib o‘rin egalladi!

Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ergashev Alisher Raximqul o‘g‘li (11-sinf) tanlov g‘oliblari qatoridan joy oldi.

Ushbu yutuq – yoshlarimizning kreativ fikrlashi, tashabbuskorligi hamda unumdorlik va tejamkorlikka bo‘lgan ilg‘or yondashuvining yorqin namunasidir.

G‘olib deb topilgan ishtirokchilar ota-onalari, o‘qituvchisi hamda maktab direktori bilan birgalikda 🇩🇪 Germaniya davlatiga sayohat qilib, unumdorlik va tejamkorlik borasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tanlov o‘quvchilar orasida vaqt, suv va energiya kabi resurslardan samarali foydalanish madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Sirdaryolik yosh g‘olibimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!

  • Related Posts

    Uch avlodni bog‘lagan qadr va ehtirom

    Uzoq yillar davomida ta’lim sohasi ravnaqi, yosh avlod tarbiyasi va ma’rifati yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriy ustozlar bugun yuksak ehtirom bilan e’zozlandi. 🇺🇿 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati…

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    Uch avlodni bog‘lagan qadr va ehtirom

    • By admin
    • May 12, 2026
    • 23 views
    Uch avlodni bog‘lagan qadr va ehtirom

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 38 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 36 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 31 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 44 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 33 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi