KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham aholini vazirlik va uning hududiy tuzilmalari, tizim tashkilotlari va muassasalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirish, dolzarb muammolarni tezkor hal etish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy xatti-harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilingan edi.

Shirin shahar yoshlar markazida “Ta’lim – korrupsiyadan xoli soha” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash huquqiy-nazorat boshqarmasi boshlig’i Sh Jo’raboyev, Shirin shahar hokim o’rinbosari, prokuror o’rinbosari, ichki ishlar boshqarmasi va Davlat boshqaruv samaradorligi agentligi viloyat filiali mas’ul xodimi ishtirok etdi.

Bir qator davlat xizmatlari elektron shaklda joriy etilgani, jumladan, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, 1-sinfga qabul qilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, litsenziyalash, apostil qoʻyish xizmatlari raqamlashtirilgan bo’lsada, lekin hali – xanuz ushbu yo’nalishlarda bir qator korrupsion holatlar mavjudligi tanqid ostiga olindi.

Oʻtgan vaqt davomida korrupsion jinoyatlarni sodir etgan ta’lim muassasalari misolida tahliliy axborotlar tinglanib, ilm dargohlarida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish, davlat mulkini asrab-avaylash, sohada byudjet mablagʻlaridan toʻg’ri foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik, mansab vakolatini suiste’mol qilmaslik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat va javobgarlikni kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi. Qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmagan mas’ullarga nisbatan keskin ravishda javobgarlik masalasi belgilanganligi to’g’risida ogohlantirildi.

Yig’ilish soʻnggida korrupsion harakatlarning ayanchli oqibatlariga bag’ishlangan videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning fikr – mulohazalari tinglandi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi