KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham aholini vazirlik va uning hududiy tuzilmalari, tizim tashkilotlari va muassasalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirish, dolzarb muammolarni tezkor hal etish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy xatti-harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilingan edi.

Shirin shahar yoshlar markazida “Ta’lim – korrupsiyadan xoli soha” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash huquqiy-nazorat boshqarmasi boshlig’i Sh Jo’raboyev, Shirin shahar hokim o’rinbosari, prokuror o’rinbosari, ichki ishlar boshqarmasi va Davlat boshqaruv samaradorligi agentligi viloyat filiali mas’ul xodimi ishtirok etdi.

Bir qator davlat xizmatlari elektron shaklda joriy etilgani, jumladan, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, 1-sinfga qabul qilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, litsenziyalash, apostil qoʻyish xizmatlari raqamlashtirilgan bo’lsada, lekin hali – xanuz ushbu yo’nalishlarda bir qator korrupsion holatlar mavjudligi tanqid ostiga olindi.

Oʻtgan vaqt davomida korrupsion jinoyatlarni sodir etgan ta’lim muassasalari misolida tahliliy axborotlar tinglanib, ilm dargohlarida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish, davlat mulkini asrab-avaylash, sohada byudjet mablagʻlaridan toʻg’ri foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik, mansab vakolatini suiste’mol qilmaslik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat va javobgarlikni kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi. Qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmagan mas’ullarga nisbatan keskin ravishda javobgarlik masalasi belgilanganligi to’g’risida ogohlantirildi.

Yig’ilish soʻnggida korrupsion harakatlarning ayanchli oqibatlariga bag’ishlangan videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning fikr – mulohazalari tinglandi.

  • Related Posts

    ASOSIY OLIMPIADANING HUDUDIY BOSQICHI BOSHLANDI

    An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadaning Sirdaryo viloyati bosqichiga start berildi. Musobaqa Sirdaryo viloyati 5-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda. Eslatma: eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Olimpiada ayni…

    Sirdaryoda “Kelajak soatlari” doirasida o‘quvchilarga “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida dars o‘tkazildi

    Bugun Sirdaryo viloyatidagi barcha maktablarda “Kelajak soatlari” loyihasi doirasida “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.🔹Guliston shahridagi 2-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan darsda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Xolbayeva…

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    ASOSIY OLIMPIADANING HUDUDIY BOSQICHI BOSHLANDI

    • От admin
    • 26 ноября, 2025
    • 39 views
    ASOSIY OLIMPIADANING HUDUDIY BOSQICHI BOSHLANDI

    Sirdaryoda “Kelajak soatlari” doirasida o‘quvchilarga “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida dars o‘tkazildi

    • От admin
    • 26 ноября, 2025
    • 36 views
    Sirdaryoda “Kelajak soatlari” doirasida o‘quvchilarga “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida dars o‘tkazildi

    KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

    • От admin
    • 18 ноября, 2025
    • 43 views
    KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

    “Sen iste’dodlisan” tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

    • От admin
    • 6 ноября, 2025
    • 60 views
    “Sen iste’dodlisan” tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

    “Jajji nurli yulduzlar” festivalining Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.

    • От admin
    • 30 октября, 2025
    • 87 views
    “Jajji nurli yulduzlar” festivalining Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.

    Ta’limda tahlil, tajriba va ijro intizomi – Sirdaryo hay’at yig‘ilishi markazida

    • От admin
    • 30 октября, 2025
    • 73 views
    Ta’limda tahlil, tajriba va ijro intizomi – Sirdaryo hay’at yig‘ilishi markazida