«Yutuqlar, muammolar va istiqbollar: Sirdaryo viloyatida umumta’lim tizimi ko’zgu ostida»

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumani 10-sonli umumta’lim maktabida  «Yutuqlar, muammolar va istiqbollar: Sirdaryo viloyatida umumta’lim tizimi ko’zgu ostida» nomli hay’at kengashi yig‘ilishi o’tkazildi.

Yig‘ilish davomida:

Umumta’lim tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar muhokama etildi hamda yangi o‘quv yiliga oid ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Xususan:
🫥Maktab xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda olib borish;
🫥Maktablarda obodonlashtirish, tozalash va hojatxonalar sanitariya holati yaxshilash;
🫥 Darslarni sababsiz qoldirgan va chetlashtirilgan xodimlar malaka oshirish kurslariga qayta jalb etiladi yoki mehnat shartnomalari bekor qilish;
🫥Pedagogik mahorat markazi orqali 2025-yil rejasini oldindan bajarish choralarini ko‘rish;
🫥 “To‘rtinchi ustozlar milliy forumi” tuman (shahar) bosqichida eng ilg‘or ustozlar ishtirokini ta’minlash;
🫥 Chet tili sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rniga 82 nafar malakali mutaxassis jalb qilish vazifalari belgilab olindi.

O’tkazilgan  hay’at kengashi yig’ilishida Guliston shahar 16-umumta’lim maktabi direktori Halilova Charos Xolmamatovna “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tadbirlarni namunali tarzda tashkil etgani uchun boshqarma boshlig’i tomonidan alohida e’tirof etildi. Bu e’tirof — fidoyilik va tashabbuskorlikka berilgan munosib baho sanaladi!

Tadbirning yana bir e’tiborli jihati – fidoyi ustozlarimizni ehtirom bilan kuzatish marosimi bo’ldi. Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan hay’at kengashi yig‘ilishi doirasida o‘z umrining eng sara yillarini kelajak avlodga bag‘ishlagan, yuzlab, minglab o‘quvchilarning qalbiga bilim nuri olib kirgan fidoyi ustozlarga chuqur hurmat bajo keltirildi.

Viloyatimizdagi 24 nafar tajribali, el-yurt ardog‘idagi ustozga ta’lim sohasidagi yillar davomida qilgan mashaqqatli mehnati uchun samimiy minnatdorchilik va faxriy ehtirom bildirildi.

Tadbir davomida ustozlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi, iliq tilaklar bildirildi va ularning faoliyati namunali tarzda yodga olindi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi