“Zakovat” intellektual o‘yini: bolalar nigohida – final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Guliston shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari: bolalar nigohida nomli tadbirning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan tashkil etilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini rivojlantirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Final bosqichida viloyatdagi barcha hududlardan saralab olingan, tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi. Bolajonlar tezkor fikrlash, mantiqiy savollarga javob berish, topqirlik va bilimda o‘zaro bellashdilar.

1-o’rin Guliston shahar Quvonch nomli DMTT «Dono bolajonlar»
2-o’rin Sardoba tumani 10-sonli DMTT «Jajji zakovatchilar»
3-o‘rin Shirin shahar 2-sonli DMTT «Tong yulduzchalari»
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi intellektual loyihalar ta’lim tizimida sog‘lom raqobatni rivojlantirish bilan birga, bolajonlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi