TERMA JAMOAMIZ A’ZOLARIDAN NAVBATDAGI 6 MEDAL!

Shimoliy Makedoniyada 29-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO) bo‘lib o‘tdi.

Shimoliy Makedoniyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilarimiz bugun tongga yaqin Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Tadbirda Fan olimpiadalari markazi mas’ullari, ustozlar, oila a’zolari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabrikladilar.

🇺🇿Terma jamoamiz a’zolari olimpiadada 6 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston o‘smirlarining matematika bo‘yicha global maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar.

Ular orasida Sirdaryolik ikki nafar o’quvchimiz:
🥇 Azizbek Mamajonov – Guliston shahar 2-sonli IMI, 9-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Dostonbek Raxmonqulov – Yangiyer shahar IM maktabi o’quvchisi — oltin medal borligi bizni quvontiradi.

Ma’lumot uchun:
Terma jamoamiz a’zolari 25 ga yaqin rivojlangan davlatlar orasida jamoaviy hisobda faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, yosh qahramonlar!

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi