

Sirdaryo viloyatida kitobsevarlar, o‘quvchilar va ustozlar uchun an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik festivali” bu yil ham keng ko‘lamli va ma’noli tarzda tashkil etildi. Festival doirasidagi tadbirlar ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tkazilib, barcha yoshdagi kitobxonlar uchun o‘ziga xos bayramga aylandi.


Festivalning asosiy maqsadi — yosh avlodni kitobga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘qish madaniyatini shakllantirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va ijtimoiy faol yoshlarni aniqlashdan iborat.

