«Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida seminar bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 26-may kuni Guliston shahar 11-umumta’lim maktabida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i N. Xolbayeva, Viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi K.Xamidov va korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho’basi boshlig’i R. Kulmatov ishtirokida barcha tuman shahar bo’limi boshliqlari va maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlariga 1-maydan 1-iyungacha «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida seminar bo’lib o’tdi.

“Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida xodimlarni “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida malakasini oshirish;

➡️maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarida korrupsiya tushunchasini yoshga mos tarzda tushuntirish, odob-axloq qoidalariga amal qilish, halollik va adolatlilik kabi hislatlarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

➡️umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida “O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligini tashkil etish;

➡️umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “To‘g‘rilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi”, “Korrupsiya – davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

tizimdagi oliy taʼlim, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari hamda tashkilotlarida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovini tashkil etish;

➡️o‘quvchilarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik his-tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, mustahkam “immunitet”ga ega shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan “Halollik” to‘garaklarni tashkil etish;

➡️tizimdagi oliy taʼlim va umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida “Stop korrupsiya heshtegi” chellenjini o‘tkazish kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, kadrlar siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqish va kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish (xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimlarga taynlashda tanlovlar o‘tkazish, bunda tanish bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik va mahalliychilikka yo‘l qo‘ymaslik), korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlar talablariga rioya qilinishi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish va hududiy bo‘limlar hamda tizim tashkilotlari va muassasalari faoliyatini o‘rganish masalalari muhokama qilindi

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi