
Bugun ijod maktabiga Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tashrif buyurdi.

Viloyatimiz hokimi dastlab ijod maktabidagi Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan tanishdi. Muzeydagi eksponatlarni tanishtirishda unga maktabning ijodkor yoshlari hamroh boʻldi.

Shuningdek, dars jarayonlari hamda labaratoriya xonalari, maktab hovlisidagi koʻrgazmalar bilan hokimning maktab sayohati davomiy boʻldi.

Erkinjon Turdimov ijod maktabining mehmonlar kitobiga oʻzining iliq tilaklarini hamda dastxatini muhrladi.
