Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz

Korrupsiya davlat xizmatchilarining poraxo‘rligi, mansabini suiste’mol qilishi, hokimiyatning obro‘sizlanishiga, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga sabab bo‘ladi. Bunday jinoyatlar davlatning milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.

Bugunga qadar Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 30 taga yaqin qonun, 100 taga yaqin Prezident va Hukumat qarorlari qabul qilingan.

Joriy yilning 26-mart kuni Sirdaryo viloyati 11-umumta’lim maktabida «Jinoyatning kelib chiqish sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart–sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida hamda tizim xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy ongini va madaniyatini yukasaltirish» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Abduraqibov X.N, boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi boshlig‘i Kulmatov Rashid va boshqarma rahbariyati tomonidan Guliston shahar bo’limi xodimlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi direktorlariga bir qator ko’rsatmalar berildi.

Mamlakatimizda davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiruvchi, fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi bu mudhish jinoyatga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olish borasida tizimli ravishda tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi