Guliston tumanida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Ta’lim sohasini rivojlantirish va bolajonlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Guliston tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 150 o‘rinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu muhim loyiha maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 5,15 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari “Nanoproyekt va texnologiya” MCHJ tomonidan zamonaviy talablar asosida sifatli yakunlandi. Yangi muassasa ilg‘or pedagogik metodlar asosida ta’lim berish imkonini beruvchi zamonaviy o‘quv xonalari, bolalarning jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladigan sport burchaklari, ijodiy mashg‘ulotlar uchun maxsus jihozlangan xonalar, o‘yin maydonchalari hamda xavfsiz va qulay infratuzilmaga ega.

Ochilish marosimida Guliston tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov, ta’lim sohasi mutasaddilari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etib, yangi bino sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur muassasaning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini alohida ta’kidladilar.

Mazkur ta’lim maskanining faoliyati maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, muassasa faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi mahallada maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, yosh ota-onalarning ish bilan band bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishga ham o‘z hissasini qo‘shadi

Ma’lumot uchun, ushbu muassasaning eski binosi 1984-yilda qurilgan boʻlib, 75 oʻringa moʻljallangan edi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi