Guliston tumanida yangi zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbarining PQ-93-sonli qarori ijrosi doirasida bugun Guliston tumanida 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushirildi.

Yangi maskan ochilish marosimida Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev, tuman prokurori Dilshod Sangirov, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur dargohning qayta bunyod etilishi mahalladagi bolalar ta’lim-tarbiyasi sifatiga qo‘shadigan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Qurilish va rekonstruksiya ishlari “JAXONGIR NODIRA HAMKOR 777” MCHJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, loyiha qiymati 5 milliard 700 million so‘mni tashkil etadi. 1990-yilda barpo etilgan ta’lim muassasasi shu kungacha biror marta kapital ta’mirdan o‘tmagan edi.

Bu kunga qadar bog‘cha 120 nafar bolani qamrab kelgan bo‘lsa, endilikda yangi zamonaviy binoda 180 nafar tarbiyalanuvchi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Yangilangan bog‘cha yorug‘ va keng xonalar, xavfsiz o‘yin maydonchalari, zamonaviy mebellar hamda bolalar salomatligiga mos infratuzilma bilan ta’minlandi.

  • Related Posts

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍…

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahridagi 8-maktabda o‘tgan ochilish marosimida soha rahbarlari tanlovning ahamiyati va nufuzi haqida so‘z yuritdi. 👩‍🎓Tuman (shahar) bosqichlarida 1495 nafar o‘quvchi ishtirok etib, saralangan 55 nafari viloyat bosqichida bellashmoqda. Ishtirokchilar…

    Fikr bildirish

    Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 11 views
    IMO 2026: Sirdaryo faxri — terma jamoada!

    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 14 views
    Sirdaryoda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.

    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Guliston shahrida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    IV chorak DEMO-CHSB sinovlariga start berildi!

    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    • By admin
    • May 4, 2026
    • 9 views
    Hay’at yig‘ilishida kamchiliklar ochiq muhokama qilindi

    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi

    • By admin
    • Aprel 23, 2026
    • 38 views
    Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqoti bo’lib o’tdi