Joriy yilning 17-iyun kuni Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 1051 nafar 8-sinf o'quvchilari o'rtasida “Xorijiy til bilimdoni” boshqarma boshlig‘i kubogining tuman/shahar bosqichi o'tkazildi.
Bugungi kunda dunyo bilan hamnafas bo‘lish, global muomalaga kirishish va o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun bitta yo‘l bor — tilni bilish! "Xorijiy til bilimdoni" tanlovi — bu shunchaki bellashuv emas, balki o‘z ustida ishlash, intilish, dunyoga chiqishga bo‘lgan o‘ziga ishonch ramzidir.