Nufuzli “TasIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasi final bosqichi joriy yil 19-may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” maskanida bo‘lib o‘tdi. Unda 13 davlatdan eng iqtidorli yosh matematiklar ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan 134 nafar yoshlar orasida Sirdaryo viloyatidan 11 nafar o‘quvchi ishtirok etib, 4 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi! Sirdaryo viloyati faxrlari:
🥇 Rahmonqulov Dostonbek — Yangiyer shahar IMI o‘quvchisi (10-sinf) — oltin medal 🥇 To‘laganov Qodirbek Bahrom — Alpha School o‘quvchisi (4-sinf) — oltin medal 🥈 Sayaqulov Ozodbek Zarif — Rustam Bosimov xususiy maktabi o‘quvchisi (8-sinf) — kumush medal 🥉 Mamajonov Azizbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ITMA Guliston filiali o‘quvchisi (10-sinf) — bronza medal
Ushbu natijalar — Sirdaryo ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ustozlar mehnati va yoshlarning bilimga chanqoqligining yorqin ifodasidir. “TasIMO–2026” xalqaro olimpiadasi Sirdaryo yoshlari uchun yana bir ulkan g‘alaba sahifasini yozdi! Barcha ishtirokchilarimizga kelgusi bosqichlarda yanada yuksak zafarlar tilaymiz!