“Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi
Boyovut tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z nihoyasiga yetdi.
🔺 Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Yangiyer shahar 1-son umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Usmonaliyeva Maxliyo O‘ktamjon qizi
🥈 2-o‘rin — Guliston shahar 3-son umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Akramova Muxlisa Mashrab qizi
🥉 3-o‘rin — Xovos tumani 30-son umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Erkinova Aziza Ulug‘bek qizi
👏 Tanlov g‘oliblari va barcha ishtirokchilar samimiy muborakbod etilib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
🔺Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i N.Xolbayeva ham ishtirok etib, maxsus pedagoglar bilan samimiy muloqot qildi hamda ularning faoliyati, tajribalari va inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tanlov maxsus pedagoglarning kasbiy salohiyatini namoyon etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi.
← Yangiliklar ro'yxatiga qaytish