Joriy yilning 26-aprel va  2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tadi.

Ochiq eshiklar kunida:

➖Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;

➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;

➖Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) o‘tkaziladi;

➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

  26 aprel va 2 may kuni

  Soat 09:30 dan 14:00 gacha

Aziz o‘quvchilar, keling ixtisoslashtirilgan maktablarimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi bo‘lishingiz kerakligiga o‘zingiz ishonch hosil qiling!