Yurtimiz uchun katta sharaf! 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rasman e’lon qilindi. Kuchli saralash jarayonlari yakunida 6 nafar eng iqtidorli o‘quvchi terma jamoaga qabul qilindi. 🌍 Ular 10–21-iyul kunlari Xitoyda 🇨🇳 bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqada Vatanimiz sha’nini himoya qiladi. Faxr bilan aytamiz: So‘nggi 5 yil ichida ilk bor Sirdaryo viloyatidan ham vakillar terma jamoa safida! Ular: — Dostonbek Rahmonqulov (Yangiyer shahar IM) — Azizbek Mamajonov (Al-Xorazmiy IM Guliston filiali) Bu — nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun viloyatimiz, ustozlar va ota-onalar mehnatining natijasidir! 📌Eslatib o‘tamiz, xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun katta rag‘batlar belgilangan: 🥇 Oltin medal — 1 mlrd 30 mln so‘m 🥈 Kumush medal — 618 mln so‘m 🥉 Bronza medal — 412 mln so‘m 📣 Keling, yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz! Ularning g‘alabasi — bizning g‘ururimiz! Omad sizlarga, chempionlar!