Guliston shahar Namuna mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi 1978-yilda qurilgan bo‘lib, davlatimiz rahbari tomonidan Sirdaryo viloyati infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan 93-son qaror asosida tubdan rekonstruksiya qilindi. 🏗 Qurilish-ta’mirlash ishlari “Doniyor usta Ali hamkor” MChJ tomonidan amalga oshirilib, loyiha rahbari Xodjayev Doniyor Valixojaevich boshchiligida zamonaviy talablar asosida yangidan bunyod etildi. ➡️ Umumiy qiymati 4,6 milliard so‘mlik loyiha doirasida muassasa quvvati 90 o‘rindan 150 o‘ringa yetkazildi. Yangilangan bog‘chada: — bolajonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi — keng, yorug‘ va zamonaviy xonalar tashkil etildi — ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun qulay muhit shakllantirildi ➡️Muassasada jami 13 nafar pedagog faoliyat yuritadi. Hozirda bog‘chada 5 ta guruh faoliyat olib bormoqda. 🟠 Mazkur yangilanish bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi hamda ularning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.