Sirdaryo viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida 3 ta maktabdan jami 81 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari faol ishtirok etdilar. PIRLS xalqaro tadqiqoti o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi ko‘nikmalarni aniqlashga xizmat qildi: ➖ matndan zarur ma’lumotlarni ajratib olish; ➖ xulosalar chiqarish; ➖ tahlil qilish; ➖ g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish. Mazkur xalqaro tadqiqot orqali ta’lim tizimining zamonaviy talablarga moslashuvchanligi hamda samaradorligi tahlil qilinadi.