Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi 2-masala sifatida ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyatni oshirish va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tahliliy ma’lumotlar berildi.

3-masala — rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlar malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalarga bag‘ishlandi.

Tanqidiy muhokama natijalariga ko‘ra:

5 ta tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘yicha mas’ullarga hayfsan e’lon qilindi;

14 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga hayfsan berildi;

2 nafar xodimga oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llandi;

2 nafar direktorning lavozimda qolish-qolmasligi masalasi ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi;

2 nafar tuman bo‘limi ijro bo‘yicha mas’ulining ishda qolish masalasi o‘rganilmoqda.

Shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mavjud muammolar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.