

Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning ma’naviy olamini boyitish, san’at va go‘zalikka intilishini kuchaytirish, milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida «Iqtidor» maktab ansambli Respublika tanlovining viloyat bosqichi Guliston shahridagi viloyat «Musiqali drama teatri» da bo‘lib o‘tdi

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:

faxrli 1-o’rinni Sayxunobod tumani 16-maktabning «Qaldirg’och» maktab ansambli;
2-o’rin Xovos tumani 11-maktabning «Yosh ijodkorlar» maktab ansambli;
3-o’rin Boyovut tumani 40-maktabning «Parvoz» maktab ansambli jamoasiga nasib etdi


