Sirdaryo viloyati MMTB tomonidan “O’quvchilar portretini shakllantirish”, “Psixodiagnostika va psixokorreksiya ishlarini tashkil etish” mavzularida o’quv amaliy seminari o’tkazildi.

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Guliston shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 18-umumiy o’rta ta’lim maktabida Maktab o’quvchilari o’rtasida suitsid va zo’ravonlik holatlarini barvaqt oldini olish maqsadida, “O’quvchilar portretini shakllantirish”, “Psixodiagnostika va psixokorreksiya ishlarini tashkil etish” mavzularida o’quv amaliy seminari o’tkazildi.

Seminarda “Delikvent (jinoyatga moyil o’quvchilar) xulq-atvor”, “Addiktiv(qaramlik) xulq-atvor”, “Agressiv(tajovuzkor) xulq-atvor”,”Autodestruktiv(suitsidal) xulq-atvor”, “Erta tug’ruq”, “Bolalarga nisbatan zo’ravonlik”,”O’quvchining psixologik pasporti”,”Bulling”, “Pedagoglar tomonidan o’quvchilarga nisbatan zo’ravonlik” mavzulari bo’yicha seminar ishtirokchilari tomonidan guruhlarga bo’linib, har bir mavzu bo’yicha taqdimotlar yaratildi, mavzular bo’yicha kamchiliklar, yutuqlar muhokama qilindi, psixologik tavsiyalar berildi. Seminarda viloyatning har bir hududlaridan 100 nafar pisxologlar ishtirok etdi.

Seminar yakunida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho’ba boshlig’I G. Raxmonova tomonidan o’quvchilarning psixologik portretini yaratish, 9-11-sinf o’quvchilarining kasb.maktab.uz platformasida ishtirok etishlarini ta’minlash, har bir salbiy holatlarini oldini olish bo’yicha psixologlarni vazifalari ko’rsatib berildi, joylarda amaliyotchi psixologlari tomonidan o’quvchilar, pedagoglar va ota-onalarga psixologik treninglarni tashkil etish, bugungi seminar mavzulari hududlarda kaskad usulida barcha psixologlarga yetkazilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

  • Related Posts

    “Jajji nurli yulduzlar” festivalining Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.

    Festivalning mazmuni va maqsadi — maktabgacha yoshdagi iste’dodli bolalarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda san’at va madaniyatga bo‘lgan mehrini mustahkamlashdir. Tanlov 4 yo‘nalishda o‘tkazildi: “Sehrli harakat” — raqs ijrosi;“Ajdodlar…

    Ta’limda tahlil, tajriba va ijro intizomi – Sirdaryo hay’at yig‘ilishi markazida

    Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni…

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    “Jajji nurli yulduzlar” festivalining Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.

    • От admin
    • 30 октября, 2025
    • 4 views
    “Jajji nurli yulduzlar” festivalining Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.

    Ta’limda tahlil, tajriba va ijro intizomi – Sirdaryo hay’at yig‘ilishi markazida

    • От admin
    • 30 октября, 2025
    • 3 views
    Ta’limda tahlil, tajriba va ijro intizomi – Sirdaryo hay’at yig‘ilishi markazida

    🔰 Bilib qo‘ygan yaxshi

    • От admin
    • 10 октября, 2025
    • 58 views
    🔰 Bilib qo‘ygan yaxshi

    Sirdaryo viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali «Va’da berish» marosimi o‘tkazildi

    • От admin
    • 25 сентября, 2025
    • 77 views
    Sirdaryo viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali «Va’da berish» marosimi o‘tkazildi

    «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusida Psixologlar forumi boʻlib oʻtdi.

    • От admin
    • 15 сентября, 2025
    • 132 views
    «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusida Psixologlar forumi boʻlib oʻtdi.

    Mukofot muborak ustozlar!

    • От admin
    • 15 сентября, 2025
    • 80 views
    Mukofot muborak ustozlar!