
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 19-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Jahon taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan 2 mlrd 171.0 mln.so‘m mablag‘ hisobiga «YANGIYER TRANS FAYZ SERVIC» MCHJ tomonidan kapital taʼmirlash ishlari olib borilib, 2022-yil sentyabr oyida foydalanishga topshirilgan.
Ushbu maktab tomonidan 2022-yilda BMTning kichik grant va loyihalar bo‘limi tomonidan ekologiyani asrash maqsadida ekologik toza issiqlik manbai yetkazib beruvchi 200.0 ming AQSH dollari qiymatiga ega bo‘lgan zamonaviy isitish tizimi (Chiller) yutib olinib bugungi kunda to‘liq ishlamoqda. Shuningdek, uskunani takomillaashtirish maqsadida BMT tomonidan qo‘shimcha 200.0 ming AQSH dollar ajratilgan.

Bugungi kunda maktab tomonidan BMT granti asosida 140.0 ming AQSH dollar qiymatiga ega 100.0 kvtga ega quyosh panellari olib kelinib, maktab hududida loyiha muxandislari tomonidan o‘rnatish ishlari olib borilmoqdi.

Ushbu muqobil energiya manbai ishga tushirilganidan so‘ng, yil davomida o‘rtacha bir kunda 8 soat elektr energiyasi ishlab chiqarganda tahminan 1 kunda 800 kvt (8 soat * 100 kvt=800 kvt) elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ushbu ortiqcha tarmoqqa qaytarilgan elektr energiyasi tumandagi jami 55 ta umumtaʼlim maktablarining 1 oylik isteʼmoli zaxirasiga aylantiriladi. Shunda maktabni isitish uchun bir mavsum uchun saflanadigan 90 tonna ko‘mir yoqilg‘isi va tumandagi 55 ta umumtaʼlim maktablarining elektr energiyasi uchun sarflanadigan 100 mln mablag‘i tejab qolinadi.