
Joriy yilning 15-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari M.Mamarasulov tomonidan Boyovut tumani 6-sonli umumta’lim maktabida ommaviy sayyor qabuli bo’lib o’tdi.
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Boyovut tumanida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalariga va barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlariga bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.