Press-turlar davom etmoqda.

Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni Sirdaryo viloyatining tuman (shahar)lari maktablariga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan press-turlar tashkil qilinmoqda. Bu galgi press-turimiz Guliston shahar maktablarida bo’lib o’tdi.

Sirdaryo teleradiokompaniyasi ijodkorlari va mahalliy matbuotchilar ishtirokidagi birinchi press-tur Guliston shahridagi 3-umumta’lim maktabida tashkil etildi.

Guliston shahar 9-umumta’lim maktabida bo’lib o’tgan navbatdagi press-turimizda OAV vakillari mazkur ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan sinf soatlari hamda to’garaklar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur ta’lim muassasasida «Mohir qo’llar», «English language», «Vatan tayanchi», «Yosh kitobxon», o’quvchilarning aqliy salohiyatini rivojlantirish maqsadida mental arifmetika, shaxmat-shashka to’garaklari faoliyat olib bormoqda. Ushbu to’garaklar va mahoratli o’qituvchilar sa’y-harakati bilan joriy 2024-yilning o’zida 9-11-sinf o’quvchilarning 17 nafari ingliz tili, koreys tili hamda rus tilidan til bilish sertifikatlari hamda 10-sinf o’quvchisi Ko’chimova Rayhona IELTS dan 7 ballni qo’lga kiritgan.

Press-tur so’ngida «Jadidlar izidan» to’garagi qatnashchilari tomonidan jadidlar hayotiga doir sahna ko’rinishlari namoyish qilindi.

Tur so’ngida OAV vakillari va jurnalistlar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lishdi.

Ulug’obod mahallasida joylashgan mazkur maktab 2006-yil qayta mukammal ta’mirlangan bo’lib, uning o’quvchi sig’imi 392 o’rinli, bugungi kunda 2 ta navbatda 1109 nafar o’quvchi ta’lim olmoqda. Ta’lim tili o’zbek va rus tilida. Barcha tuman(Shahar)lardagi kabi 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida ham o’quvchilarning shaxmat sirlarini o’rganishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan va o’g’il-qizlar ushbu sport turini puxta o’zlashtirishmoqda.

Maktabda 10 dan ortiq fan to’garaklari, «Al-Xorazmiy izdoshlari», «Yosh biologlar», «I love English», «Algoritm», «Qiziqarli matematika» va bir qancha «Yengil atletika», «Shaxmat» kabi sport to’garaklari mavjud. Eng quvonarlisi, 1-sinfdan 11-sinfgacha har bir fan doirasida ochiq darslar tashkil qilingan.
Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan faollar zalida musiqiy chiqishlar, xor va qo’g’irchoq teatri jamoalari tomonidan «Bo’g’irsoq» ertagi namoyish qilindi.

Sirdaryo viloyati MMTB axborot xizmati

  • Related Posts

    Umumta’lim maktabida yozgi “Kamalak” oromgohi tashkil etildi

    Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning salomatligi, dam olishi va iqtidorini rivojlantirish maqsadida 1-sonli umumta’lim maktabida “Kamalak” yozgi oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2025-yil 2-iyun sanasidan…

    Imtihonlar davom etmoqda.

    Bugun 11-sinf o’quvchilari uchun matematika fanidan davlat imtihonlari bo’lib o’tdi. Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i birinchi o‘rinbosari A.Abduraxmonov Guliston tumani 2-26-va 30-umumta’lim maktablaridagi imtihon jarayonlarini ko’zdan kechirdi.…

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    Umumta’lim maktabida yozgi “Kamalak” oromgohi tashkil etildi

    • От admin
    • 3 июня, 2025
    • 12 views
    Umumta’lim maktabida yozgi “Kamalak” oromgohi tashkil etildi

    Imtihonlar davom etmoqda.

    • От admin
    • 3 июня, 2025
    • 11 views
    Imtihonlar davom etmoqda.

    Mamlakatimizda joriy o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’til boshlanmoqda.

    • От admin
    • 3 июня, 2025
    • 10 views
    Mamlakatimizda joriy o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’til boshlanmoqda.

    Respublika bo’ylab «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlarga start berildi.

    • От admin
    • 2 июня, 2025
    • 25 views
    Respublika bo’ylab «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlarga start berildi.

    Maktabgacha ta’limda sog‘lom turmush targ‘ibi: gimnastika festivali o‘tkazildi.

    • От admin
    • 2 июня, 2025
    • 9 views
    Maktabgacha ta’limda sog‘lom turmush targ‘ibi: gimnastika festivali o‘tkazildi.

    Super natija

    • От admin
    • 2 июня, 2025
    • 10 views
    Super natija