

📚Guliston shahar 4-maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun “Bola uchun eng yaxshisi kitobdir” deb nomlangan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada bolalar adabiyoti turkumidan ertaklar va hikoyalar, boshlang‘ich sinfga tayyorlovchi metodik qo‘llanmalar, ota-onalar va tarbiyachilar uchun milliy va jahon adabiyoti namunalari savdosi ham yo‘lga qo‘yildi.