O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida joriy yilning 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqqa muvofiq, har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishga yuborish (https://t.me/sirdaryommtb/30802?single) ishlari davom etmoqda.

Shu maqsadda 6-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining 22 nafar tajribali pedagogi Ozarbayjon Respublikasiga bir haftalik malaka oshirish kurslariga yo‘l olgan edi.

Hozirda ustozlarimiz maxsus dastur asosidagi 30 soatlik malaka oshirish jarayonida Ozarbayjon ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishib, ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.

Mazkur tashrif doirasida sirdaryolik pedagoglar ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy metodikalar, o‘quvchilar bilan ishlashning innovatsion yondashuvlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishmoqda.




