

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida, Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida Psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar hamda ularni oldini olish” mavzusi keng muhokama qilindi.

Forumda ishtirokchilar o‘quvchilarning ruhiy holatini barqarorlashtirish, maktab muhitida psixologik xizmat samaradorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy psixologik yondashuvlar asosida profilaktika ishlarini tashkil etish masalalari yuzasidan tajriba almashdilar.

Mazkur forum psixologlar o‘rtasida kasbiy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro fikr almashish va o‘quvchilarning sog‘lom psixoemotsional rivojlanishini ta’minlash yo‘lidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.