
Sirdaryo viloyatida ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida oliy toifali pedagoglar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
2017-yil holatiga ko‘ra, viloyatdagi umumta’lim maktablarida jami 10 160 nafar pedagog faoliyat olib borgan bo‘lib, ularning atigi 15 nafari oliy toifaga ega bo‘lgan.
2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 744 nafarga yetdi.
Ayni paytda esa, davlatimiz rahbarining ta’lim tizimiga qaratgan e’tibori hamda olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, 2002 nafar oliy toifali pedagoglar faoliyat yuritmoqda.