Tizimga doir navbatdagi muhim vazifalar belgilab olindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Unda tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, navbatdagi attestatsiya hamda “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish jarayonlari muhokama qilindi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

📍 Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida hozirga qadar 6 ta ta’lim xizmatlari elektron platformasi yaratilganligini qayd etdi.

➖ Qayd etilganidek, xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradigan elektron platforma hamda buyuk allomalar nomi bilan o‘tkaziladigan xalqaro fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

❗️Muhokamalar davomida 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi kutilayotgan Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi, 2026-yilgi 38-xalqaro informatika (IOI) va 58-xalqaro kimyo olimpiadasini (ICHO) oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy va kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan muhim masalalar tilga olib oʻtildi.

  • Related Posts

    Umumta’lim maktabida yozgi “Kamalak” oromgohi tashkil etildi

    Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning salomatligi, dam olishi va iqtidorini rivojlantirish maqsadida 1-sonli umumta’lim maktabida “Kamalak” yozgi oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2025-yil 2-iyun sanasidan…

    Imtihonlar davom etmoqda.

    Bugun 11-sinf o’quvchilari uchun matematika fanidan davlat imtihonlari bo’lib o’tdi. Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i birinchi o‘rinbosari A.Abduraxmonov Guliston tumani 2-26-va 30-umumta’lim maktablaridagi imtihon jarayonlarini ko’zdan kechirdi.…

    One thought on “Tizimga doir navbatdagi muhim vazifalar belgilab olindi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Siz uni qayta ko'rmoqchisiz

    Umumta’lim maktabida yozgi “Kamalak” oromgohi tashkil etildi

    • От admin
    • 3 июня, 2025
    • 12 views
    Umumta’lim maktabida yozgi “Kamalak” oromgohi tashkil etildi

    Imtihonlar davom etmoqda.

    • От admin
    • 3 июня, 2025
    • 11 views
    Imtihonlar davom etmoqda.

    Mamlakatimizda joriy o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’til boshlanmoqda.

    • От admin
    • 3 июня, 2025
    • 10 views
    Mamlakatimizda joriy o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’til boshlanmoqda.

    Respublika bo’ylab «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlarga start berildi.

    • От admin
    • 2 июня, 2025
    • 26 views
    Respublika bo’ylab «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlarga start berildi.

    Maktabgacha ta’limda sog‘lom turmush targ‘ibi: gimnastika festivali o‘tkazildi.

    • От admin
    • 2 июня, 2025
    • 9 views
    Maktabgacha ta’limda sog‘lom turmush targ‘ibi: gimnastika festivali o‘tkazildi.

    Super natija

    • От admin
    • 2 июня, 2025
    • 10 views
    Super natija